Marhamat tumani Polvontosh shaharchasi o‘ziga xos tarixga ega. 2-jahon urushidan keyin neft qazib olish bilan bog‘liq jarayonlar orqali, bu vodiyning so‘lim parchasi rivojlanishni boshlagan.
Aytishlaricha, bu joylarda 15 dan ortiq millat vakillari hamjihat yashaganlar. 1949-yilda aholi uchun poliklinika qurilgan edi. Zamonlar o‘tib bugungi kunga kelib mahallada yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi. Aholi "Tashabbusli loyiha-OPENBYUDJET" dan shu shifo maskani uchun mablag‘lar yo‘naltirilishini xohladilar.
46 nafar tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatuvchi yangi oilaviy poliklinika 16 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi.
"Tashabbusli byudjet" loyihasidan 1 milliard 300 million qurilish ishlari uchun, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 1 milliard 100 million so‘m tibbiy asbob va jihozlar uchun sarflandi.
Ochilish marosimida tuman hokimi, mehmonlar va aholi vakillari ishtirok etdilar.