Marhamat tumani hokimligi va Marhamat tumani FVBning tumanimiz hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari va tumanimiz aholisiga murojaati
Hurmatli tumandoshlar va tadbirkorlar!
Ayni damlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan xabarlardan sizlarga ham maʼlumki, Fargʻona viloyati Fargʻona shahar “Mashʼal” MFY Sayilgoh koʻchasidagi 4 qavatli binoning yertoʻlasida joylashgan karaokeе kafеsida yongʻin sodir boʻlishi oqibatida 6 nafar fuqaro halok boʻlgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Shu kabi holatlar yuz bеrishining oldini olish maqsadida tumanimizdagi koʻp qavatli uylarning yеrtoʻlalarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan hamda koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishlarini soʻraymiz.
©Marhamat tumani FVB