O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabr kungi "2023-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-465-sonli qaroriga asosan Marhamat tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu qarorga asosan tumandagi "Yangi hayot" MFY hududida joylashgan, ta'mirtalab holatga kelib qolgan ko'prikni rekonstruksiya qilish belgilangan bo'lib, ayni vaqtda qurilish ishlari boshlandi.
Ushbu ezgu ish boshlanish avvalida, Marhamat tumani hokimi tomonidan mahalla nuroniylari va faollari ishtirokida ehson dasturxoni yozildi. Tadbirda faollar boshlanayotgan xayrli ishlardan mamnun ekanini bildirdilar.
Marhamat tumani hokimligining Matbuot xizmati.