Joriy yilning 10-yanvar kuni tuman Xalq taʼlimi boʻlimi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Andijon viloyati boshqarmasi Marhamat tumani boʻlimi tomonidan tumandagi mavjud umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy - maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda amaliyotchi psixologlari ishtirokida «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusida oʻquv seminar tashkil qilindi.
Oʻquv seminarda mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning pirovard maqsadi har tomonlama rivojlangan mamlakat barpo etish respublikada tinchilik va barqarorlikni taʼminlash va yoshlarni buyuk ajdodlarga munosib farzandlar qilib tarbiyalashga qaratilganini, yoshlarni bilim olishlari borasida amalga oshirilgan ishlarni, bugungi kunda boshqa davlatlarda boʻlayotgan xunrezliklarni, u yerdagi tashqi kuchlarning yoshlarga boʻlgan tajovuzlarini, oziq-ovqat tanqisligini, yoshlarni «Shukronalik hissi» bilan yashashlarini, bilim olishda faqat oliy maqsad sari ilm olishlarini, oʻzlarining siyosiy faolligini oshirishni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashni, Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat, fidoiylik, davlatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarga dahldorlik hissi bilan yashashni, buzg'unchi va yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmasliklarida chuqur bilim va izlanishlar olib borishlari toʻgʻrisida ma'ruzalar qilindi.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.