Marhamat tumaniga viloyat hokimligidan biriktirilgan Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari N.Mo‘minov hamda tuman hokimining o‘rinbosari J.G‘ofurovlar birgalikda Marhamat «Dehqon (oziq-ovqat) bozori» MCHJda bo‘ldilar.
🛒 Viloyat hokimining o‘rinbosari N.Mo‘minov «Dehqon (oziq-ovqat) bozori» MChJda «Daladan dasturxongacha» tamoyili doirasida tashkil etilgan arzonlashtirilgan narxlardagi yarmarka va u yerdagi narx-navo hamda sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda yarmarkalar va bozor ichidagi umumiy savdo do‘konlaridagi mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.
✅Viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan «Dehqon (oziq-ovqat) bozori» MChJ rahbariga yarmarkalar bilan birgalikda umumiy savdo doʻkonlaridagi narxlarni ham barqaror ushlab turish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.