📢Ishchi guruh tomonidan tumandagi ichki yo‘llar bilan bir qatorda davlat ahamiyatidagi yo‘llarning holati ham ko‘zdan kechirilayotgani haqida xabar bergan edik.
✅Jumladan, bugun ishchi guruh tomonidan 4P-140 «Margʻilon-Quva-Marhamat-Aravon» avtomobil yoʻli ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘lning 46-50 km qismida joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirda yoʻlning 4 km qismida asos tayyorlanib, 2 km qismida esa birinchi qatlam asfalt bosish ishlari amalga oshirilib, keskin sovuq kunlar bo‘lganligi sababli ishlar bir muddat to‘xtatilgan edi. Hozirda asfalt bosishga tayyorgarlik ishlari yana davom etmoqda.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.