Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov topshirig‘iga asosan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholi muammolari o‘rganilmoqda.
Shu jumladan, Marhamat tumanida tuman hokimining 1-o‘rinbosari Sh.Abdurazzoqov, tuman prokurori O.Qayumov, tuman IIB boshlig‘i A.Axunov, viloyat prokuraturasidan biriktirilgan vakil M.Xoldarov ishtirokidagi mas'ullar mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tumandagi «Durafshon» MFY hududida istiqomat qilayotgan aholi muammolarini o‘rganishdi.
Aholi murojaatlariga ko‘ra, mazkur hududdagi Oltin zamin ko‘chasini shag‘allashtirish ishlari boshlandi.
Shuningdek, Yog‘du ko‘chasida «Marhamattumangaz» gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari tomonidan aholiga grafik asosida 100 ta gaz balon tarqatildi.
Marhamat tuman hokimligi Matbuot xizmati.