📢Ishchi guruhning navbatdagi manzili tumandagi «Oqbosh» MFY bo‘ldi.
Ishchi guruh vakillari mazkur hududdagi aholi muammolarini o‘rganish maqsadida ularni murojaatlarini tingladilar. Shundan so‘ng, sektor rahbarlari fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.
✅Shuningdek, «Oqbosh» MFY hududidagi Noraybo‘ri ko‘chasidagi fuqarolarning murojaatlarini inobatga olgan holda ularning xonadonlarini elektr energiyasini yaxshilash maqsadida 350 metr uzunlikdagi 0,4 kVali SIP kabel tarmog'i tortildi.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.