Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2023-yil «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili» deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Xalq taʼlimi tizimida uzoq yillar ishlab, fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoiy ustozlar bilan oʻzaro davra suhbati tashkil qilindi.
✅Suhbatdoshlar qatorida Andijon viloyati Marhamat tumani 47-IDUMning Oliy toifali kimyo fani oʻqituvchisi, «Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi» medali sohibi Abduqodir Shamsuddinov ham qatnashdi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tavfsiyalariga koʻra, Marhamat tumanida 2023-yil 5-yanvar kuni ustoz A.Shamsuddinov hamda tumandagi bir qator fidoiy ustozlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
✅Suhbat davomida A.Shamsuddinov Prezidentimiz bilan uchrashuvidagi taassurotlarini ustozlarga soʻzlab berdi. Shundan soʻng, ustozlar bilan taʼlim sifatini oshirish mavzusida oʻzlarining bir qator takliflari bilan oʻrtoqlashishdi va shu yoʻsinda davra suhbati qizg‘in davom etdi. Ustozlarni bergan takliflari asosida tuman Xalq ta'limi bo‘limi tomonidan bir qator vazifalar belgilab olindi.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.