📢Ishchi guruhning navbatdagi manzili «Birlik» MFY hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlaridan biri 28-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi bo‘ldi.
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi «2022-2026-yillarda obod qishloq va obod mahalla dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-172-sonli Qaroriga asosan mazkur maktabda qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
🏗 Ishchi guruh vakillari qurilish ishlarini olib borayotgan qurilish firmasining ish yurituvchisi bilan bo‘lgan suhbatda bajarilayotgan ishlarning sifatiga alohida e'tibor qaratgan holda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tdilar.
🇺🇿Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati. (https://myurls.co/marhamatpress)