Marhamat tumanida tuman hokimining 1-o‘rinbosari Sh.Abdurazzoqov, tuman prokurori O.Qayumov, viloyat prokuraturasidan biriktirilgan vakil M.Xoldarov, tuman IIB boshlig‘i A.Axunov, viloyat IIBdan biriktirilgan vakil R.Abdurasulovlar ishtirokidagi mas'ullar mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tumandagi «Yo‘lamatol» MFY hududida istiqomat qilayotgan aholi muammolarini o‘rganishdi.
Shu bilan birga mazkur hududda «Marhamattumangaz» gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari tomonidan aholiga grafik asosida 100 ta gaz balon tarqatildi.
Marhamat tuman hokimligi Matbuot xizmati.