Marhamat tumaniga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari Sh.Alirizayev, Andijon viloyat boshqarmasi boshlig'i M.Toshmatovlar tashrif buyurdilar.
Marhamat tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Sh.Abdurazzaqov, viloyat prokuraturasidan biriktirilgan vakil M.Xoldarov, tuman prokurori O.Qayumov, tuman IIB boshligʻi A.Axunov, viloyat IIBdan biriktirilgan vakil R.Abdurasulov, Departamentning tuman boʻlimi boshligʻi F.Tojidinovlar ishtirokidagi ishchi guruh tuman markazida joylashgan Marhamat «Dehqon (oziq-ovqat) bozori» oldida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasidagi narx-navolar bilan tanishdilar.
Qolaversa, bozor maʼmuriyatiga yarmarkalar bilan birgalikda umumiy savdo doʻkonlaridagi narxlarni ham barqaror ushlab turish vazifalari yuklatildi.
Tuman mutasaddi rahbarlariga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari Sh.Alirizayev tomonidan aholiga yanada arzon narxlarda mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.