Marhamat tumaniga viloyat prokuraturasidan biriktirilgan vakil M.Xoldarov, shuningdek, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh.Abdurazzoqov, tuman prokurori O.Qayumov va boshqa masʼullar ishtirokidagi ishchi guruh tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lishdi.
Ishchi guruh a'zolari muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xonalarning issiqlik darajasi hamda qozonxonalarning ishlashi va mavjud ko‘mir zahiralarini, shuningdek, ushbu maktabga yangi keltirilgan generatorning ishlashini ko‘zdan kechirdilar.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.