«Dok-1 Maks» dori vositasidan foydalanmaslik boʻyicha mamlakatimiz boʻylab targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
✅Jumladan, Andijon viloyatida ham sektor rahbarlari va boshqa masʼullar ishtirokida ana shunday targʻibot-tashviqot ishlari keng koʻlamda olib borilmoqda.
Ayni damda viloyatdan biriktirilgan ishchi guruh va Marhamat tumanidagi sektor rahbarlari tumandagi dorixonalarda boʻlib, u yerda «Dok-1 Maks» dori vositasini sotuvdan cheklash boʻyicha tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.