Ishchi guruhning navbatdagi manzili ijtimoiy soha obyektlaridan yana biri tuman Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi bo‘ldi.
Ishchi guruh a'zolari muassasaning qish mavsumiga tayyorgarlik va xonalarning issiqlik darajasi hamda qozonxonalarning ishlashi va mavjud ko‘mir zahiralarini ko‘zdan kechirdilar.
Viloyat hokimining o‘rinbosari N.Mo‘minov ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish jarayonida xonalarni isitish tizimiga alohida e'tibor qaratgan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tumandagi mas'ul mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.