Ishchi guruhning navbatdagi manzili ijtimoiy soha obyektlaridan tuman Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi bo‘ldi.
Ishchi guruh a'zolari muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xonalarning issiqlik darajasi hamda qozonxonalarning ishlashi va mavjud ko‘mir zahiralarini, shuningdek, ushbu maktabga yangi keltirilgan generatorning ishlashini ko‘zdan kechirdilar.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.