Marhamat tumani hokimligi 25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimdagi barcha xizmatchilarni va faxriylarni samimiy muborak etadi.
Sizlarni jamiyatimizda qonun ustuvorligini va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda, jamoat tartibini saqlashda, qonun manfaatlarini himoya qilishda masʼuliyatli va sharafli xizmatingizni qadrlaymiz!
Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilangizga xotirjamlik, sharafli xizmatlaringizga omad va zafarlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati.