Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Marhamat tuman bo'linmasi tomonidan Uz Milliy bank AJ Marhamat tuman filialida Milliy g'urur, yuksak sharaf va qadr bayrami munosabati bilan «Ona tilim-g'ururim, faxrim» mavzusida ma'rifat soati tashkil etildi. Ma'rifat soati avvalida tumanimizning iqtidorli o'quvchilari tomonidan bayram tabriknomalari tarqatildi. O'tkazilgan ma'rifat soatida bugun davlat tilining dunyo hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi yanada ortib borayotgani haqida fikrlar bildirildi. Yakunda ona-tilimizni ulug'lash haqidagi videorolik namoyish etildi.